Urgut tumani · Samarqand viloyati

Jozmon mahallasiga
xush kelibsiz.

Jozmon — Urgut tumanidagi mahalla. Bu sahifada mahalla pasporti, suratlar va mas’ul shaxslarning telefon raqamlari jamlangan.

01

Aholi

7 016Jozmon mahallasi aholisi
02

Oilalar

2 2201 210 ta xo‘jalik
03

Yer maydoni

910 ga9 ta ko‘cha
Mahalla pasporti

Jozmon raqamlarda

“Jozmon” mahalla fuqarolar yig‘ini pasportidagi ko‘rsatkichlar.

Aholi
7 016 Jozmon mahallasi aholisi
01
1 210Xo‘jaliklar
02
9Ko‘chalar
03
1Maktab
04
1 · 3Tibbiyot muassasasi · dorixona
05
45Savdo do‘konlari
06
2 · 1Sport maydoni · kutubxona
Qishloq tarixi

Jozmon — bizning uyimiz

“Jozmon” mahalla fuqarolar yig‘ini 1991-yilda tashkil topgan. Mironshoh Mirzo ko‘chasida joylashgan; Ipakli, Mirzaqishloq, Jo‘roptepa, Etak Beshkapa, Bekravot, Mangitobod, Oqmachit, G‘ishtmachit va Xalqobod mahallalari bilan chegaradosh.

Jozmon mahalla fuqarolar yig‘ini binosi
Mahalla binosi
1-rivoyat

“Jozuk”dan “Jozmon”ga

Rivoyat qilishlaricha, qadimda bu hududga Kitob, Bog‘izagon, Panjikent kabi tumanlardan boy savdogarlar chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kelishib, chorva boqib, katta yerlarni egallashgan. U davrlarda odamlar juda siyrak va tarqoq yashagan. Yoyilib, juda katta yer maydonlariga egalik qilib yashaganliklari uchun qishloq “Jozuk”, keyinchalik shevada shakli o‘zgarib “Jozmon” deb atala boshlagan.

2-rivoyat

Jozmon bobo

Boshqa manbalarda qayd etilishicha, XIV–XV asrlarda bu hududda doimo dasturxoni ochiq, odamlar bilan yaxshi munosabat va muomalada bo‘lgan Jozmon ismli shaxs o‘tgan. U mahalla hududidagi bir gektarlik katta tepalikni o‘zlashtirib, obod qilgan. Qishloq nomi shu tepaliklarga asos solgan Jozmon bobo sharafiga qo‘yilgan degan taxminlar ham yo‘q emas.

Tarixiy tepaliklar

01

Jozmon tepa-1

Jozmon bobo o‘zlashtirgan, bir gektarni tashkil qilgan katta tepalik. Hozirgacha saqlangan.

02

Jozmon tepa-2

Mahalla hududidagi ikkinchi tepalik.

03

Yorbek tepa

Mahalla hududidagi uchinchi tepalik.

Bugungi Jozmon

9 ta ko‘cha
Mironshoh MirzoIbn SinoZarbdorAbayShohrux MirzoMustaqillikSanoatchiSemurg‘Sobir Raximov
Aholi
7 016

O‘zbek millati vakillari yashaydi. Aholi asosan dehqonchilik, tamakichilik, kartoshkachilik va tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

Hududdagi muassasalar
1 ta maktab1 ta QOP1 ta kutubxona2 ta dorixona2 ta to‘yxona2 ta oshxona2 ta mini sport maydoni1 ta AYoQSh5 ta avtoservis6 ta sartaroshxona3 ta go‘sht do‘koni4 ta magazin14 ta savdo do‘koni3 ta qabriston

Faxrli insonlar

01

Amonov Kamol

“Shuhrat” ordeni sohibi, “O‘zbekiston Xalq maorifi a’lochisi” unvoniga sazovor bo‘lgan.

02

Rahmonov Sharofiddin

Maktabda faoliyat olib bormoqda. “Shuhrat” ordeni sohibi.

03

Mirzayeva Mahbuba

Maktabda faoliyat olib bormoqda. “Shuhrat” ordeni sohibi.

Mahalla raislari

  1. 1991–1998Jahbarov Akrom
  2. 1998–2004Safarov O‘roq
  3. 2004–2007Usmonov Qarshiboy
  4. 2007–2010Yazdanov Muhiddin
  5. 2010–2013Karimov Mahmatmurod
  6. 2013–2016Sultonov Nasibillo
  7. 2016–2019Rustamov Akbar
  8. 2019–2022Quysinov Shukurillo
  9. 2022–2025Yuldoshev Lutfullo Izzatullayevich
  10. 2025 — hozirgachaMeliyev Dilshod Nuriddinovich
Ulug‘ Vatan urushi

Urush qatnashchilari — xotiramizda

Jozmonlik urush qatnashchilari haqidagi ma’lumotlar qishloq xotira albomidan olingan. Matnlardagi “hozir” so‘zi album tuzilgan davrga tegishli. Kartochkani bossangiz, to‘liq tarjimai holi ochiladi.

Urushda halok bo‘lganlar

Ro‘yxatda 71 nafar jozmonlik yurtdoshimizning nomi bor. Ularning xotirasi abadiy.

  1. 1Ro‘ziev Eshonqul
  2. 2Pardaev Omon
  3. 3Juraev Qahhor
  4. 4Sharepov Tursun
  5. 5Qurbonov Barot
  6. 6Ergashev Boboqul
  7. 7Umarov Xurram
  8. 8Usmonov Mansur
  9. 9Dusliev Rajab
  10. 10Berdiev G‘ani
  11. 11Berdiev Nasriddin
  12. 12O‘rinov Usar
Bugun Jozmonda

Ob-havo va namoz vaqtlari

Jozmon uchun bugungi ma’lumotlar.

Ob-havo · hozir
—°Yuklanmoqda…
His qilinadi—Shamol—Namlik—
Namoz vaqtlari

    Jozmon koordinatalari bo‘yicha hisoblangan taxminiy vaqt (Hanafiy). Masjid jadvali bilan solishtiring.

    Joylashuv

    Jozmon xaritada

    Mahalla chegarasi qizil chiziq bilan belgilangan. Xaritani surib, kattalashtirib ko‘rishingiz mumkin.

    Shoshilinch raqamlar

    Favqulodda holatda bir bosishda qo‘ng‘iroq

    Raqamni bossangiz, telefoningizda qo‘ng‘iroq darhol boshlanadi. Bu raqamlarga istalgan telefondan bepul qo‘ng‘iroq qilinadi.

    Mas’ul shaxslar

    Savolingiz bormi? Qo‘ng‘iroq qiling.

    Mahallaga oid murojaat, savol va takliflar bo‘yicha quyidagi mas’ul shaxslarga bog‘laning.

    Shodiyev Zarrux To‘lqin o‘g‘li
    03 · Profilaktika inspektori

    Shodiyev Zarrux To‘lqin o‘g‘li

    Galereya

    Jozmon suratlarda

    Jozmon mahallasi

    Mahallamiz haqida ma’lumot yuboring

    Qishloq tarixi, eski suratlar yoki faxrli insonlar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, Telegram orqali yuboring. Ular saytga qo‘shiladi.

    @makhsud